Jahon | 23:12 / 05.04.2019
14762
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: AQSh Turkiyaga yaxshiroq taklif bildira olmadi

Cem Oksuz/Presidential Press Office/Handout via REUTERS

Vashington Anqaraga AQShning raketalarga qarshi majmualari Patriot bo‘yicha Rossiya S-400 tizimlarini xarid qilish shartnomasidagi kabi shartlarni taklif qila olmadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi. 

“Biz S-400 bo‘yicha kelishuvni yakuniga yetkazdik, shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirmoqdamiz. AQShga Patriot tizimlarini sotib olishni taklif qilganimizda, AQSh bizga to‘g‘ri keladigan shartlarni taklif qilmadi. Shu sababli S-400 bo‘yicha bitim amalga oshirilmoqda va iyulda majmualarning yetkazilishini kutmoqdamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an Haberturk telekanali efirida. Erdo‘g‘an Vashingtonning Anqara tomonidan S-400 sotib olinishi masalasi bo‘yicha pozitsiyasi “juda noto‘g‘ri” va “Turkiyaga yoqmayotganini” aytgan. 

Vashington Anqara S-400’ni sotib olish rejasi sababli Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari uchun qurilmalarni yetkazishni to‘xtatishini e'lon qilgan.  

Erdo‘g‘an bu borada to‘xtalib, Turkiya kelishuv doirasida samolyotlarni olishda davom etayotganini aytgan.

Erdo‘g‘an, shuningdek, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning Anqara va Vashington o‘rtasidagi ixtilof bo‘yicha aytgan fikrlarini eslab o‘tgan. “Bosh kotib muhim narsalarni aytdi. U alyansning a'zolariga qarshi biror-bir sanksiya kiritish noto‘g‘riligi, chunki biz bir-birimizga ehtiyoj sezishimizni aytdi”, deb qo‘shimcha qilgan Turkiya yetakchisi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid