Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada NATOni tarqatib yuborish taklif qilindi
NATO dunyo xavfsizligiga tahdid soladi, shu sababli uni tarqatib yuborish kerak. Bu haqda Germaniya bundestagining So‘l partiyadan deputati Aleksandr Noy Die Freiheitsliebe nashri uchun maqolada yozgan.
Deputatning aytishicha, blok eskirib qolgan hamda harbiy qudratini “o‘zining imperialistik manfaatlarini himoyalash uchungina” qo‘llaydi. Noyning fikricha, NATO xalqaro huquq me'yorlarini muntazam buzadi, BMTning obro‘sizlantiradi va ixtiloflarni urushgacha olib boradi.
Deputatning yozishicha, xalqaro tashkilotning 70 yilligi bayram uchun sabab emas, balki “hali kech bo‘lmasidan” bo‘layotganlar haqida fikrlash uchun imkoniyatdir. Uning fikricha, Rossiya va Xitoydan himoyalanish bilan oqlanadigan alyans qo‘shinlariga xarajatlar va ularning jihozlanishi aslida haddan ziyod bo‘rttirib yuborilgan va bu davlatlar kuchlariga nomutanosibdir.
Bundan tashqari, NATO oxirgi o‘n yilliklarda Yugoslaviyaga hujum qilib, Afg‘onistonga kirib va boshqa ko‘plab ixtiloflarda ishtirok etib, o‘zining “asl qiyofasini” ko‘rsatgan.
Noyning ta'kidlashicha, imperialistik qiliqlar va ustunlikni yo‘qotishdan qo‘rquv blokni yangi ixtiloflar tomon itaradi va bunga chek qo‘yish lozim. “Shu munosabat bilan So‘l partiya Germaniyani NATOdan olib chiqish, alyansni tarqatib yuborish va uni Rossiya ishtirokidagi jamoaviy xavfsizlik tizimi bilan almashtirishga chaqiradi”, deyilgan maqolada.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
11:46 / 10.07.2026