Saudiya Arabistoni AQShga dollardan voz kechish bilan tahdid qildi – OAV

Saudiya Arabistoni Vashington AQSh sudiga OPeK davlatlariga qarshi antimonopol da'vo arizalari berishga imkon beruvchi qonun loyihasini qabul qilsa, neftni sotishda dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Reyter” axborot agentligi xabar berdi.
No Oil Producing and Exporting Cartels Act (NOPEC) kabi ma'lum bo‘lgan qonun loyihasi hozirda AQSh kongressida muhokama qilinmoqda. U qabul qilinsa, AQSh sudlarida neft karteli davlatlari bilan narx borasida til biriktirish bo‘yicha sudlashishga imkon beradi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu qonun qabul qilinsa, neft bozorida aytib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Manbalarning ma'lum qilishicha, dollardan voz kechish varianti Saudiya Arabistonining yuqori lavozimli shaxslari tomonidan muhokama qilingan.
Ikkita manbaning qo‘shimcha qilishicha, ushbu reja OPeK a'zolari bilan ham muhokama qilingan. Ar-Riyod bu rejalaridan AQSh energetika vazirligi amaldorlarini ham xabardor qilgan.
Agar Ar-Riyod neftini dollarga sotishdan voz kechsa, bu AQSh valutasining asosiy zaxira valuta sifatidagi mavqeiga putur yetkazadi, Vashingtonning jahon savdosiga ta'sirini kamaytiradi va AQShning boshqa davlatlarga sanksiyalar qo‘llashini zaiflashtiradi. Biroq Saudiya Arabistoni bunday yo‘l tutishi dargumon, chunki NOPEC’ning qabul qilinishi imkoniyati oz.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

13:56 / 17.05.2025