Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti shu oyda O‘zbekistonga keladi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In 16-23 aprel kunlarida Markaziy Osiyo bo‘ylab turne uyushtiradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
Janubiy koreyaliklar prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 18-21 aprel kunlarini Mun Je In O‘zbekistonda o‘tkazadi. U shuningdek, 16-18 aprel kunlari Turkmanistonga, 21-23 aprel kunlari Qozog‘istonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Mintaqa bo‘ylab turnedan ko‘zlangan maqsad — Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin munosabatlarini mustahkamlash va Mun Je Inning «Yangi shimoliy siyosat»i doirasida konsensusga erishishdan iborat.
O‘zbekistonda Mun Je In Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrida Janubiy Koreyaga safar uyushtirgandi.
Ushbu tashrif doirasida 75ta hujjat imzolangan, energetika va neftgazkimyo sohasida – 2,95 mlrd. dollarlik, bank-moliya sohasida – 2,7 mlrd. dollarlik, qurilish va infratuzilmani rivojlantirishda – 1,7 mlrd. dollarlik bitimlar tuzilgandi.
Shuningdek, davlat tashrifi mobaynida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengaytirilishiga qaratilgan bir nechta muhim kelishuvlarga erishilgandi.
Mavzuga oid
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
13:43 / 17.12.2021
Foto: Koreya prezidenti qarorgohida O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
18:34 / 15.12.2021
«Yashil» iqtisodiyot va raqamlashtirish» - Koreyaga davlat tashrifining ustuvor yo‘nalishlari ma’lum qilindi
16:33 / 13.12.2021