Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida dollarni qulatish fikridan voz kechildi
Foto: Rick Wilking / Reuters
Saudiya Arabistoni hukumati neft uchun hisob-kitobda dollardan voz kechish istagida emas. Agar bu yuz bersa, AQSh dollari qadrsizlanib ketardi. Bu haqda podshohlikning energetika vazirligi matbuot xizmati vakili aytib o‘tdi.
Vazirlik vakilining aytishicha, avval tarqalgan axborot “noto‘g‘ri va Saudiya Arabistonining bu masala bo‘yicha pozitsiyasini aks ettirmaydi”. Bundan tashqari, hukumatda ta'kidlanishicha, dollarda hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba podshohlik manfaati uchun ijobiy ishlagan.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Ar-Riyod neft bozorini muvozanatlovchilardan biri sifatida juda katta javobgarlikka ega va shu sababli bir tomonlama tartibda bozordagi joriy holatni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘ladigan birorta qarorni qabul qilishga tayyor emas.
Avvalroq Saudiya Arabistoni neft uchun hisob-kitob qilishda dollardan asosiy valuta sifatida voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma'lum qilingan. Ar-Riyodning bu qarori AQShning OPeKga qarshi qonun loyihasiga qarshiligi bilan bog‘langan.
NOPEC deb nom olgan ushbu qonun loyihasi AQSh kongressiga 2008 yildayoq kiritilgan, biroq Barak Obama prezidentligi vaqtida ko‘rib chiqilmagan. Hujjatni Donald Tramp prezidentligi vaqtida yana “hayotga qaytarishga” harakat qilinmoqda.
Mavzuga oid
12:22 / 30.04.2026
Aprel oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026