Jahon | 22:45 / 09.04.2019
7880
1 daqiqa o‘qiladi

Jazoirda vaqtinchalik prezident tayinlandi

9 aprelda Jazoir parlamenti prezident Abdulaziz Butafliqaning iste'fosini tasdiqladi. Mamlakat konstitutsiyasining 102-moddasiga ko‘ra, 90 kunlik muddatga prezident vazifasini vaqtinchalik parlamentning yuqori palatasi raisi Abdulqodir Binsaloh bajaradi

Butafliqaning 2013 yilda salomatligi yomonlashgandan keyin Binsaloh Jazoirni turli xalqaro uchrashuvlarda taqdim qilgan va Jazoirga kelgan davlat rahbarlarini qabul qilgan.

Shu bilan birga matbuotda Binsaloh kelib chiqishi marokashlik ekani va Jazoir fuqaroligini 1965 yildagina olgani haqida xabar tarqalgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Binsaloh 1941 yilda Marokash bilan chegaradosh Tlamsan viloyatida tug‘ilgan. 

Bunday holatda uning prezident lavozimini egallashi konstitutsiyaga zid hisoblanadi, chunki bu lavozimni faqat jazoir millatiga mansub shaxs egallay oladi. Biroq Binsalohning o‘zi bu xabarlarni inkor etmoqda. 

Mavzuga oid