Respublika qişloq xöjaligida uzumçilik sohasi ham muhim örin tutadi. Şu bois sönggi yillarda uzumçilikni jadal rivojlantiriş, hosildorligini va mahsulot sifatini oşiriş, xalqimizning uzumga bölgan ehtiyojini qondiriş, eksportbop navlarni yaratiş hamda yangi tokzorlarni taşkil etişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Kattaqörğon tumanida yetiştirilayotgan uzumlar ham özining mazasi bilan ma'lum va maşhur. Xususan, uzumning «Kattaqörğon maskasi» navi şu tumanda yaratilgan.

Tumanda uzumçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari ham köp. Uzumçilik aholining asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan. Xöş, ayni vaqtda tumanda bu borada qanday muammo yuzaga kelgan? Tokzorlar nega buzib taşlanmoqda?

«Kun.uz» tahririyatiga tumandagi şunday bir neçta fermer xöjaliklari rahbarlaridan murojaat kelib tuşdi.

«Bizning fermer xöjaliklarimizdagi tokzorlar hokimiyat vakillari tomonidan ayovsizlarça buzib taşlanmoqda. MMTP raisi barçani mahalla fuqarolar yiğiniga çaqirib, majburan ariza yozdirib olmoqda. Ba'zilar yozdi, ba'zilar yozmadi. Şunga qaramay, bizga heç qanday hujjat körsatişmasdan fermer xöjaligimiz hududidagi tokzorlarni traktor bilan buzişmoqda. Heç kimga heç qanday tuşuntiriş berilayotgani yöq», – deyiladi «Kattaqörğon maskasi» MMTPga biriktirilgan fermer xöjaliklari rahbarlaridan kelgan murojaatda.

Uşbu murojaatni joyida örganiş maqsadida Kattaqörğon tumanida bölib, vaziyatga oydinlik kiritdik.

Dastlab, tumanning Polvontepa mahallasi hududidagi fermer xöjaliklaridagi holatni közdan keçirdik. Bu yerda 8 gektarlik tokzor tuman hokimi qarorlari bilan bir neça fermer xöjaliklariga taqsimlab berilgan ekan. Haqiqatan ham tokzorlar ayovsizlarça buzib taşlangan. Tok tanalari bir çetda uyulib yotibdi. Fermerlarning esa fiğoni falak.

«Yigirma yildan buyon uzumçilik sohasida işlab, bunday şafqatsizlikni körmaganman. MMTP raisi Ilhom Muhammadiyev içki işlar xodimlari bilan kelib, «Yerni topşirasan, hokimning buyruği bor, bölmasa özingga yomon böladi», deb majburlab ariza yozdirib oldi. Qolaversa, rais «şunday topşiriq bor», deb biror hujjat körsatmasdan dalaga traktor soldi. Tösqinlik qilişimiz ham foyda bermadi. Körib turganingizdek, neça yillik mehnatimiz samarasini bir kunda kökka sovurişdi», – deydi Ğayrat Tojiyev.

Uşbu e'tirozlar yuzasidan «Kattaqörğon maskasi» MMTP raisi Ilhom Muhammadiyev bilan boğlandik va tokzorlar nega buzilgani, bu haqida biror hujjat yoki qaror bor-yöqligini söradik. Rais özida hujjat yöqligini, ammo hokimiyatdan şunday topşiriq berilganini bildirdi. Kim topşiriq bergani haqida esa tayinli izoh ololmadik.

Şundan keyin «Yangi hayot» mahallasidagi tokzorlarni közdan keçirdik. 4 gektarlik tokzor buzilib, örni tekis yer qilib qöyilibdi.

Şu yerning 2 gektar qismidagi tokzorga mas'ul bölgan «Ilyosjon boği» fermer xöjaligi rahbari Ilyos Norov öz e'tirozlari va bu holat yuzasidan hasratlarini bayon qildi.

«Bu qanday hol axir?! Şu yerdan oilamiz bilan daromad qilib kelayotgan edik. Bir kunda kelib buzib taşlaşdi. Işsiz qoldik. Har yil yaxşi hosil berib kelayotgan toklar ustiga şafqatsizlarça traktor yurgizişdi. Oilamizni daromaddan ayirişdi. Endi nima iş qilişga hayronmiz. Ayni vaqtda Rossiyaga işlaş uçun ketiş arafasidaman», – deydi I.Norov.

Uşbu mahalladagi 29 gektarlik tokzorga egalik qilayotgan fermer xöjaliklari raislari bilan ham suhbatlaşdik. Bu yerdagi tokzor buzilmagan. Ammo fermer xöjaliklari raislarning ta'kidlaşiça, «Kattaqörğon maskasi» MMTP raisi Ilhom Muhammadiyev xonadonma-xonadon yurib, yerni topşiriş haqida ariza yozişlarini talab qilayotgan ekan. Şuning uçun ular ham ayni vaqtda xavotirga tuşib qolişgan.

Bizga murojaat yöllagan fermerlar bilan suhbatlaşib, hududlarni közdan keçirganimizdan söng vaziyat böyiça izoh oliş maqsadida Kattaqörğon tumani hokimligida böldik. Tuman hokimining qişloq xöjaligiga mas'ul örinbosari Jamşid Nasriddinov bilan suhbatlaşdik.

«Kattaqörğon maskasi» MMTPdagi tokzorlar 260 gektarni taşkil etadi. Tokzorlardan unumli foydalaniş va samaradorlikni oşiriş maqsadida tegişli qarorga asosan 150dan ziyod fermer xöjaliklari taşkil etilgan edi. Har bir fermer xöjalikka 1-2 gektar tokzor tegişli. Barçasi öz hisob raqamiga ega böldi. Ammo oçiğini aytiş kerak, bu özining yetarliça samarasini bermadi. Ayrim fermerlarning yerga, tokzorlarga bölgan munosabati özgarmadi. Şu bois, tuman hokimining tegişli qaroriga asosan işçi guruh tuzilib, boğdorçilik va uzumçilikka ixtisoslaştirilgan fermer xöjaliklarida monitoring olib borildi. Uzumzorlarda tup sonlari kam, talab darajasida agrotexnik işlari amalga oşirilmagan. Toklar ança yillar avval ekilgan bölsa-da, hozirgi kunga qadar yangi köçatlar ekilmagan. Fermer xöjaliklari hisob raqamlariga ham belgilangan mablağlar qöyilmagan. Işçi guruh xulosasi bilan talabga javob bermaydigan, samarali foydalanilmayotgan tokzorlar buzilmoqda», – deydi J.Nasriddinov.

Tuman hokimi örinbosari ta'kidlaşiça, «Kattaqörğon maskasi» MMTP hududida 50 gektar tokzor buzilişi, örniga boşqa ekinlar ekilişi rejalaştirilgan.

Tuman hokimligi va uzumçilikka ixtisoslaştirilgan ayrim fermer xöjaliklari orasida ana şunday nizo yuzaga kelgan. Mutasaddilar fermer xöjaliklari raislariga jarayonni töğri tuşuntirmay, majburan ariza yozdirib olayotgani esa tuşunarsiz holat. Tokzori yakson bölayotgan fermerlar esa nimaga bunday bölayotganini tuşunmay fiğoni falak.

Fikrimizça, tuman hokimligi mutasaddilari tomdan taraşa tuşgandek tokzorlarga traktor haydamasdan, bu masalada fermerlar bilan muloqot qilsa, holatni tuşuntirsa, turli tuşunmovçilik va nizolarning oldi olingan bölar edi.

Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi va lozim bölsa, bu mavzuga yana qaytadi.

Bardoşbek SAMAD öğli,
Kun.uz muxbiri