Jamiyat | 14:01 / 28.09.2023
28082
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samarqand viloyatida yirik sement zavodi ishga tushirildi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Yangihayot massivida yirik sanoat obekti – yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega “HENGYUAN CEMENT” xorijiy korxonasi ishga tushirildi.

Ayni paytda bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi yirik sement ishlab chiqarish liniyasidir.

Loyiha 351 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga amalga oshirildi. Investor Xitoyning ENERGY CHINA energetika muhandislik guruhi edi.

Loyiha uchta keng ko‘lamli vazifani – O‘zbekiston qurilish industriyasini zarur mahsulotlar bilan to‘ldirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni hal etadi.

38,5 gektar maydonda barpo etilgan mazkur inshootga Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Kuniga 7,5 tonna sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zavodning yillik eksport quvvati 82 million dollarni tashkil etadi. Mahsulotning 30 foizi Yevropa va boshqa mamlakatlarga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ishlab chiqarishda Kattaqo‘rg‘on, Nurobod va Narpay tumanlaridagi karerlardan qazib olingan mahalliy xomashyodan foydalaniladi.

Zavodda sement ishlab chiqarish to‘liq ko‘mir yoqish hisobiga amalga oshiriladi. Bu energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu usul bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir minimal bo‘ladi. Atmosferaga chiqindilarning oldini olish uchun ko‘p darajali filtr o‘rnatilgan.

Korxonaning to‘liq quvvatda va uzluksiz ishlashi uchun qulay infratuzilma yaratildi. Zavoddan karerlarga 2,5 kilometrdan ortiq elektr tarmoqlari tortilib, 10 kilometrlik yo‘l qurildi.

Yangi korxona ishga tushirilishi bilan asosan Samarqand viloyatining yaqin tumanlari aholisi uchun 600 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Zavod ishchilari uchun muassasa yonida yotoqxona, sport maydonchalari, madaniyat uyi qurildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid