Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 2024 yil 13 iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqörğon tumani Mirzo Uluğbek mahallasi hududidan ötuvçi 4R-48 «Zarafşon Trakt» avtomobil yölining 94-kilometrida sodir bölgan. Haydovçi Isuzu avtobusini «Payşanba-Kattaqörğon şahar» yönalişida boşqarib borayotib, yölning belgilanmagan qismidan ötayotgan piyodani urib yuborgan.
Buning oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan Kattaqörğon tumani IIB tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda Damas yöl çetidagi 2 nafar piyodani urib ketgani xabar qilingandi.

















