Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Book challenge» davom etadi: Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi
Bugun, 11 aprel' kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashev Qumqo‘rg‘on tumanidagi o‘zi o‘qigan 21-sonli maktabda bo‘lib, o‘quvchilarga shaxsiy kutubxonasidan nodir asarlarni sovg‘a qildi.
200 dan ortiq kitoblar ichida o‘zbek va jahon adabiyotining ko‘pgina besseller asarlari o‘rin olgan.
Vazirlik mutasaddisi maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishgan, shuningdek, o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning sevimli badiiy asarlari borasida fikr almashgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning har kim o‘z maktabi uchun kitob hadya qilish bo‘yicha bildirgan tashabbusi ko‘pgina vazirlik va tashkilot vakillarining amaliy faoliyatida ham yangilik bo‘ldi, deyish mumkin.
Ommaviy tarzda davom etayotgan «Book challenge» aksiyasi joylarda maktab kutubxonalarining kitob fondini boyishiga va o‘z o‘rnida o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirishga xizmat qilmoqda.