Yoğoç qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi Hukumat qarori (297-son, 11.04.2019) qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram kanalida yozilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida 88 ming 123 gektar qamişzor maydoni bölib, 475 ming 864 tonna qamiş yetiştiriladi.
Qarorga muvofiq, mazkur hududlardagi kiçik sanoat zonalarida yoğoç qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini işlab çiqaruvçi korxonalar taşkil etiladi.
Bunda qamişlarning örib olinişi natijasida atrof-muhitga, hayvonot olamiga, köçib yuruvçi quşlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida foydalanilişi mumkin bölgan qamişzorlar maydonlari reyestri şakllantiriladi.
Mazkur qamişzorlar reyestri asosida yoğoç qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini işlab çiqariş uçun investorlar jalb etiladi.
Qarorga köra respublikada 2019 yilda 60 ming kub.m, 2020 yilda 190 ming kub.m hamda 2021 yilda 330 ming kub.m yoğoç qirindili plitalar (DSP) va ularning muqobil turlari işlab çiqariladi.
2022 yil 1 yanvargaça yoğoç qirindili plitalar va uning muqobil turlarini işlab çiqaruvçi korxonalar olib kiradigan xomaşyo, asbob-uskunalar, ularning butlovçi hamda ehtiyot qismlari bojxona tölovlaridan ozod etildi.
Viloyat hokimlariga tadbirkorlarga terak va pavloniya ekiş uçun ball boniteti past yerlarni ajratiş vazifasi yuklandi.
Yoğoçbop daraxtlar plantatsiyalarini taşkil etgan tadbirkorlar 2022 yil 1 yanvargaça terak, pavlovniya va boşqa tez ösuvçi yoğoçbop daraxtlar ekilgan yer maydonlari uçun yer soliği tölamaydi.
Qonunçilikka muvofiq, yoğoç-payraxa plitalar va yoğoçdan yasalgan şunga öxşaş plitalar yoki qatron yoki boşqa organik boğlovçi moddalar şimdirilgan yoki şimdirilmagan boşqa yoğoçsimon materiallarni olib kiruvçi yuridik şaxslar import bojxona boji va qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilgan edi. 2019 yil 1 maydan mazkur imtiyoz bekor qilindi.

















