Sport | 02:14 / 12.04.2019
13534
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ligasi. "Arsenal" o‘z uyida "Napoli"ni yengdi, "Chelsi" 86-daqiqadagi yagona gol evaziga g‘alaba qozondi

Foto: Reuters

Yevropa ligasi chorakfinal ilk uchrashuvlari o‘tkazildi. 

"Arsenal" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

"Valensiya" safarda "Vilyarreal" bilan kuch sinashib, 90- va 93-daqiqalardagi gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi - 3:1. 

"Chelsi" esa safarda "Slaviya"ni kichik hisobida mag‘lub etdi – 0:1.

"Benfika" o‘z maydonida "Ayntraxt F" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinlari 18 aprel kuni o‘tkaziladi. 

Arsenal Angliya – Napoli Italiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Remzi, 2:0 – 25, avtogol Kulibali.

Vilyarreal Ispaniya – Valensiya Ispaniya 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 6 Gedesh, 1:1 – 36, penalti Kasorla, 1:2 – 90 Vass, 1:3 – 90+3 Gedesh.

Slaviya Chexiya – Chelsi Angliya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 86 Alonso.

Benfika Portugaliya – Ayntraxt F Germaniya 4:2 (2:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 21, penalti Joau Felish, 1:1 – 40 Yovich, 2:1 – 43 Joau Felish, 3:1 – 50 Diash, 4:1 – 54 Joau Felish, 4:2 – 72 Gonsalu Pasiyensiya.

Mavzuga oid