Sergeli tumanidagi yangi uylarga ko‘chib kelayotgan aholi muammolari hal etiladi - «Milliy tiklanish»

15 aprel kuni «Milliy tiklanish» DP fraksiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlarini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama etildi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 21 dekabr kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayonnomasining 42-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
«Toshkent shahri Sergeli tumanida ko‘p qavatli uylar qurilayotgan yer maydonlari Toshkent viloyati ma'muriy chegarasi hududida joylashgan bo‘lib, hujjatlarni rasmiylashtirishda bir qator muammolarni vujudga keltirmoqda.
Shu jumladan, yangi qurib bitkazilgan uylarga ko‘chib kelayotgan shahar aholisining doimiy ro‘yxatga qo‘yishda va kvartira hujjatlarining rasmiylashtirishda duch kelinayotgan muammolar aholining asosli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Loyihani ishlab chiqishning asosiy maqsadi Toshkent shahri Sergeli tumani ma'muriy hududida yashaydigan aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hisoblanadi», — deyiladi partiya axborotida.
Mazkur hududning Toshkent shahar tasarrufiga o‘tkazilishi Sergeli tumani ma'muriy hududida yashaydigan aholiga qulay sharoitlar yaratishi ta'kidlanmoqda.
Yangi qurib bitkazilgan uylarga ko‘chib kelayotgan shahar aholisining doimiy ro‘yxatga qo‘yish va kvartira hujjatlarining rasmiylashtirish, avtomobil yo‘llardan foydalanish, uy-joy komplekslari, ijtimoiy va madaniy - maishiy maqsaddagi obektlar, muhandislik kommunikatsiyalarini kompleks qurishni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, hududlarni maqbullashtirish natijasida barcha resurslardan oqilona foydalanish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
-
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?
Jahon | 20:53
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
-
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport | 20:32
Mavzuga oid

23:26 / 19.01.2020
«Milliy tiklanish» o‘z deputatlari uchun yordamchilarni ishga olmoqda

22:30 / 14.11.2019
O‘zXDP «Milliy tiklanish» gazetasi ustidan prokuraturaga murojaat qildi

15:30 / 29.07.2019
«Milliy tiklanish» partiyasida keskin o‘zgarishlar kutilmoqda

19:11 / 11.04.2019