Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Boeing’ga 737 Max samolyotlari nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Foto: Joshua Robers/File Photo / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Boeing kompaniyasi 737 Max modelidagi laynerlarida barcha nosozliklarni bartaraf etishi hamda samolyotlarni qayta nomlashi kerakligini aytdi.
Tramp yarim yil ichida ushbu modeldagi samolyotdan ikkitasi halokatga uchraganini nazarda tutib, vaziyatni modelni qayta nomlashgina qutqarishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
AQSh prezidenti tvitterda “brendlar yaratish bo‘yicha” mutaxassis emasligini kinoya qilib, konsern rahbariyati o‘rnida bo‘lganda muhandislardan nosozliklarni to‘g‘rilashni, so‘ngra rebrending o‘tkazishni talab qilgan bo‘lishini aytgan.
“Men Boeing o‘rnida bo‘lganimda, Boeing 737 Max’dagi barcha nosozliklarni bartaraf etib, bir nechta yaxshi funksiyalar qo‘shib, so‘ngra nomini o‘zgartirgan bo‘lardim. Birorta mahsulot bu mahsulotchalik jabr ko‘rmagan”, deb yozgan Tramp.
2018 yil oktyabrda Indoneziya sohillari yaqinida hamda 2019 yil martida Efiopiyada 737 Max 8 samolyotlari halokatga uchragandi.
Shu voqealardan keyin dunyoning deyarli barcha davlatlari bu samolyotlarning o‘z havo hududida parvoz qilishini taqiqlab qo‘ygan, ko‘plab aviakompaniyalar ularda parvoz qilishni to‘xtatgan. Boeing mart ichida 737 turidagi birorta samolyot sota olmagan.
Mavzuga oid
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
07:48 / 05.02.2026
Jahon aviabozoridagi talab: Boeing va Airbus’ning 2025 yilgi buyurtma kitobi
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025