Hududlararo yo‘l-patrul postlaridagi 5 km/soatlik tezlik cheklovi to‘g‘risida izoh berildi
Kun.uz muxbiri Ichki ishlar vazirligi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Akmal Yunusov va bosh boshqarma qoshidagi Jamoatchilik kengashi kotibi Mansur Rixsiyev bilan yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar, yo‘l chetidagi radar, mulyajlarning nechog‘li samaradorligi va jarima yozishdagi xatoliklar to‘g‘risida suhbatlashdi.
IIV YHX BB vakillari kunduzgi 5 km/soatlik tezlik chegarasi to‘g‘risida ma'lumot berishdi.
«Bizga ushbu masala yuzasidan talaygina murojaatlar bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hatto 8 km/soat tezlikda harakatlanayotgan avtomobilni ilg‘aydigan radarlar barcha o‘tish postlariga o‘rnatilgani haqida ham gap tarqaldi.
Avvalo, yo‘l-patrul postlarida tezlik chegarasining belgilanishiga nima sabab bo‘lganiga to‘xtalib o‘tsam. Postdan o‘tayotgan vaqtda avtomobil ichidagi yo‘lovchi va haydovchilarning yuz tuzilishi, holatini YHX xodimlari bemalol kuzatish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Har bir mashina to‘xtatib, tekshiriladigan bo‘lsa, avtomobillarning katta oqimiga xalaqit beradi. Oldinlari «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi» belgisi bo‘lar edi.
Ta'kidlanganidek, transport oqimi oshib borayotgani inobatga olinib, haydovchiga qulaylik yaratish maqsadida 5 km/soatlik tezlik chegarasi belgilandi.
Maqsad transport vositasi tezligi 5 km/soatdan oshib ketgan taqdirda uni jarimaga tortish yoki ta'qib qilishda emas, buni to‘g‘ri tushunish kerak.
Masalan, avtomobil yo‘lovchilari orasida qidiruvdagi shaxs bo‘lishi mumkin. Ma'lumot bazamizda yo‘l-patrul postlarida qidiruvdagi shaxslarning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq faktlar ko‘p. Sa'y-harakatlarning bari yo‘l, umumiy xavfsizlik uchun amalga oshirilyapti», deydi IIV YHX BB qoshidagi Jamoatchilik kengashi kotibi Mansur Rixsiyev.
Mansur Rixsiyevning qo‘shimcha qilishicha, 5 km/soatlik cheklovdan nazorat postidagi xodim yo‘lovchi va haydovchilarning yuzini aniq ilg‘aydigan darajada o‘tish tezligida (10 km/soatgacha) qat'iy jarima belgilanmaydi.
Yo‘l harakati qoidalari borasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi vakillari bilan suhbatning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Mavzuga oid
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
17:51 / 06.10.2024
Yo‘llarda avariyalar ko‘paydi, tezlik haydovchilarni qotilga aylantirmoqda
14:49 / 05.10.2024
Samarqandda boshqa mashinaning raqamini taqib 76 marta qoida buzgan haydovchi ushlandi
11:06 / 28.09.2024