O‘zbekiston | 19:58 / 16.04.2019
5268
1 daqiqa o‘qiladi

Litvalik mutaxassis Davlat soliq qo‘mitasida doimiy maslahatchi lavozimini egalladi

Foto: O‘zbekiston DSQ matbuot xizmati

Davlat soliq qo‘mitasida XVJ tomonidan doimiy maslahatchi Modestas Kaselyauskas tanishtirildi, deb xabar berdi O‘zbekiston DSQ matbuot xizmati.

“Mazkur tayinlov Xalqaro valuta jamg‘armasining soliq-budjet masalalari bo‘yicha departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan soliq ma'murchiligi loyihasi doirasida amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilishicha, Modestas Kaselyauskas Litva Respublikasi soliq organlaridagi ko‘p yillik ish tajribasiga ega, 2005-2014 yillarda Litva Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq inspeksiyasiga rahbarlik qilgan. 

Foto: O‘zbekiston DSQ matbuot xizmati

Kaselyauskas 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan soliq ma'murchiligidagi o‘rta muddatli islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va joriy etishda DSQ va Moliya vazirligiga ko‘maklashadi. Uning vazifasi sohani yuqori texnologiyali, avtomatlashgan, zamonaviy talablarga javob beruvchi hamda korrupsiyadan xoli soliq xizmatiga aylantirishda yordamlashishdan iborat bo‘ladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid