Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ov quroli gilzalari ushlab qolindi
“Samarqand” xalqaro aeroportiga “Sheremetevo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.K. “qizil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida uning harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi.
Shundan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan sumka xolislar ishtirokida tekshirilganda, sumkada jami 50 dona 12 mm kalibrli ov quroli gilzalari borligi ma'lum bo‘ldi.
Fuqaro A.K. tomonidan olib kelingan ov quroli gilzalari yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga yozib ko‘rsatilmaganligi oydinlashgach, unga nisbatan bojxona xodimlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va Samarqand viloyati Ma'muriy sudining ochiq sud majlisi qaroriga ko‘ra, fuqaro A.K. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227-19-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi hamda unga tegishli bo‘lgan ov quroli gilzalari yo‘q qilindi.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026