Kreml Putin va Kim Chen Inning ilk uchrashuvi aprelda bo‘lib o‘tishini e'lon qildi
Shimoliy Koreya raisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifi bilan aprelning ikkinchi yarmida Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu uchrashuv ikki davlat yetakchisining ilk uchrashuvi bo‘ladi.
15 aprelda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi uchrashuv Putin 24 aprelda boradigan Uzoq Sharqda bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Agentlikning yozishicha, Putin 26-27 aprel kunlari Pekindagi “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etadi, Kim Chen In bilan uchrashuv esa ushbu tadbirgacha yoki undan keyin bo‘lib o‘tadi.
18 aprelda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv joyi, vaqti va boshqa tafsilotlari haqida aniq ma'lumot yo‘qligini ma'lum qilgan va “uchrashuv tayyorgarlik bosqichida ekanligini” ta'kidlab o‘tgan.
Yaponiyaning Kyodo News agentligi Rossiya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Kim Chen In ma'muriyati boshlig‘i Kim Chxan Son Vladivostokda bo‘lgani va Rossiya Shimoliy Koreya yetakchisini 24-25 aprel kunlari kutishga tayyorlanayotganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, “Izvestiya” nashri 17 aprelda ikki davlat yetakchisining uchrashuvi Putinning Pekinga ketishidan oldin Vladivostokda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024