O‘zbekiston | 19:48 / 18.04.2019
14852
4 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi 

O‘zbekiston prezidenti “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • qishlok xo‘jaligini raqamlashtirish, qishlok xo‘jaligi sub'yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishlok xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat maxsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
  • agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
  • keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
  • qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
  • o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • ta'lim, fan va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashuvini, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta'minlash.

Vazirlik Iqtisodiyot va sanoat, Moliya vazirliklari bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilgan holda don mahsulotlari narxlarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflarni;

Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro (xorijiy) moliya institutlari va maslahatchilarni jalb etgan holda 2019-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanilmayotgan yer maydonlarini o‘zlashtirish qonsepsiyasi loyihasini kiritishi belgilab qo‘yildi. 

Mavzuga oid