20:19 / 18.04.2019
8228

Superliga. «Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda «Dinamo» qarshiligini sindirdi

Superligada 5-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Paxtakor» o‘z uyida «Dinamo»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar o‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganida hisobni ochishdi. 75-daqiqada Javohir Sidiqov gol urdi. 81-daqiqada Jaloliddin Masharipov hisobdagi farqni oshirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 13 ochko bilan 1–o‘rinda, «Dinamo» esa 7 ochko bilan 5–o‘rinda bormoqda.   

Superliga, 5-tur
18 aprel, Toshkent

Paxtakor (Toshkent) – Dinamo (Samarqand) - 2:0
Gollar
: Javohir Sidiqov (75), Jaloliddin Masharipov (81)
Paxtakor: Quvvatov, Sayfiyev, Simich, Krimets (s), Alijonov, Abdullayev, Sidiqov, Masharipov, Cheran, Hamdamov, Bikmayev
Dinamo: Eshbo‘tayev, Loqayev, Alamxonov, Xolmurodov (s), Azimov, Nurmetov, Qosimov, Shodmonov, Temirov, Eminov, Toshpo‘latov
Hakamlar: J.Muxtorov, A.Rasulov, J.Saidov, F.Yansupov.
Nazoratchi: O.Dachev.
Komissar: A.Fayziyev.

Top