Tojikistonda fuqarolar sog‘ligi haqida «qayg‘urishdi» va internet uchun narxni oshirishdi
Tojikiston hukumati fuqarolar sog‘ligini o‘ylagan holda mobil aloqa va mobil internet narxini ikki baravar oshirdi. Bu haqda Tojikiston Aloqa xizmati raisi Ilhom Atoyevga asoslanib ASIA-Plus nashri xabar bergan.
«Internet narxi oshgandan so‘ng odamlar undan aql bilan foydalana boshlaydi. Kamroq o‘yin o‘ynashadi va ko‘zni ehtiyot qilib, sog‘liqni o‘ylashadi... Yoshlarga qarang — ular hamisha internetda o‘tirishadi», degan Atoyev.
Ushbu amaldor internet narxi oshishi ortidan odamlar ko‘proq kitob o‘qib, bir-biri bilan ko‘proq muloqot qilishiga umid bildirgan.
Tojikistonda mobil aloqa va internet uchun yangi tariflar 18 apreldan joriy qilindi. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, narxlar deyarli ikki baravar oshgan: avval 1 gigabayt uchun foydalanuvchilar 30-35 somoniy (3,5 dollar) to‘lashgan, hozir esa bu 63 somoniyga (6,7 dollar) ko‘tarilgan.
Keyingi vaqtlarda Tojikiston hukumati ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ustidan nazoratni kuchaytirdi. 2018 yil noyabrida mamlakat aholisi YouTube, Facebook, Twitter, «Odnoklassniki», Viber, WhatsApp va Telegram xizmatlaridan foydalana olmay qoldi. Bu xizmatlarning bloklanishi Tog‘li Badaxshon muxtor hududida joylashgan Xoroga posyolkasida bo‘lib o‘tgan mitinglar bilan bog‘liq edi.
2018 yil mayida Tojikistonning Xatlon viloyatida yashovchi fuqaro mamlakatda faoliyati taqiqlangan Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi yetakchisining chiqishi tasvirlangan videosyujyetga «layk» bosgani uchun 9,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024