Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida g‘alabali yurishini davom ettirdi
Bangkokda o‘tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan besh nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.
Dastlab -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik Daichi Xasebeni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Shundan keyin -60 kg vazn toifasida Shukurjon Rahimov KXDR vakili Chol Man Chodan ustun keldi.
Kechki dasturda esa Osiyo o‘yinlari chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg) qirg‘izistonlik Almanbet Alibekovga qarshi ringga chiqdi va yaqqol ustunlik bilan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. So‘ng Shunqor Abdurasulov (-64 kg) turnirdagi ikkinchi jangini pokistonlik Amir Masudga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alaba bilan chorak finalga yo‘l oldi. Terma jamoaning eng nomdor vakillaridan Isroil Madrimov (-75 kg) dastlabki jangida ortiqcha qiyinchiliksiz vetnamlik Trung Vuni mag‘lub etdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa -54 kg vaznda Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shiga yutqazgan bo‘lsa, -69 kg vaznda Shahnoza Yunusova tojikistonlik Nilufar Boboyorovani mag‘lubiyatga uchratdi.
Mavzuga oid
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
14:49 / 08.08.2024