Qaysi oliygohni tanlash kerak – Koreya Yodju texnologiya instituti haqida
O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda iqtisodiyotning barcha sohalarida, ijtimoiy hayotda keng islohotlar olib borilayotgani turli malakali, bilimli, zamonaviy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan yosh kadrlarga ehtiyojni oshirmoqda. Shuning barobarida, mamlakatda oliy ma'lumot olishni taklif qiluvchi dargohlar, institut va universitetlar soni, ularda talabalarni qabul qilish o‘rni cheklangani sababli ko‘plab yoshlar xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlarini tanlamoqda.
Qolaversa, tan olish kerak, bugungi kunda, texnologik jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda oliy ta'lim ham birmuncha sifatli, yuqori texnologiyalar va zamonaviy ta'lim uslublari qo‘llanilgan holda beriladi. Bu esa, talabalarning ilm olish saviyasi va darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'kidlash o‘rinliki, ayrim xorijiy davlatlarning ilg‘or oliy o‘quv yurtlari rahbariyati O‘zbekistondagi islohotlar ko‘lami, zamonaviy ilmlarni mukammal o‘zlashtirgan kadrlarga bo‘lgan katta ehtiyojni anglab yetgan holda, o‘z ta'lim dargohlarining filiallarini O‘zbekistonning turli shaharlarida ochishga qiziqish bildirib, amaliy harakatlar qilmoqda. Davlat rahbariyati ularning bunday xayrli sa'y-harakatlari, intilishlariga ko‘mak bermoqda.
Xorijiy davlatlarning institut-universitetlarining filiallari ochilishi borasida Toshkent shahri ancha ilgarilab ketgani rost. Bu yerda faoliyat yuritayotgan yoki endi ochilishi kutilayotgan oliygohlar sonini sanab o‘tirishga hojat yo‘q.
Biroq ta'kidlash o‘rinliki, abituriyent oliy o‘quv yurtlaridan qaysi birini tanlashda ancha qiynaladi. Bu borada yetarli axborotlar mavjud bo‘lmagani esa, bu masalani yanada murakkablashtiradi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda faoliyatini olib borayotgan xorijiy universitetlar va institutlar filiallari orasida mustahkam ilmiy poydevorga egalari singari, shunchaki oliy ta'lim berish litsenziyasi asosida faoliyat yuritayotganlari ham mavjud.
Xo‘sh, kelgusida yuksak marralarni egallashni, yetuk mutaxassis bo‘lib, vatani ravnaqiga hissa qo‘shishni orzu qilayotgan abituriyent yoshlar to‘g‘ri tanlovni qanday amalga oshirishi mumkin?
Buning uchun, eng avvalo, Toshkentda o‘z filialini ochgan, yoxud qo‘shma korxona tashkil qilgan holda oliy ta'lim berayotgan universitet-institutlar faoliyatiga qiziqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yaqinginada Toshkentda o‘z faoliyatini boshlagan va oliy ta'lim berishda xususiy sohaga asos solganlardan biri, shubhasiz, Janubiy Koreyaning Yodju texnologiya institutidir. U ayni yuqoridagi tamoyilga javob bera oladigan, mustahkam ilmiy asosga ega bo‘lgan oliy ta'lim dargohi hisoblanadi.
Demak, bu safar Toshkent shahridagi Yodju Texnika institutining muassislaridan biri bo‘lgan Janubiy Koreya Yodju Texnologiya instituti haqida, uning faoliyati, ta'lim sifati va yo‘nalishlari xususida so‘z yuritamiz.
Yodju Texnologiya instituti Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Yodju shahrida 1993 yilda tashkil etilgan. Uning g‘oyasi va falsafasi insoniyatga foyda keltirishdir. Institut insonlarning farovonligini mehr-muhabbat, beminnat xizmat va amaliyot vositasida oshirish uchun ijtimoiy-gumanitar ta'limni amalda qo‘llashga intiladi.
Bu oliy ta'lim dargohi insoniyatga sevgi, xizmatda sodiqlik va adolat uchun harakat qilishni o‘zining oliy maqsadining tamoyili sifatida e'tirof etadi.
Institut 2030 yilga kelib katta maqsadlarga erishish vazifasini qo‘ygan va bunga og‘ishmay amal qilib kelmoqda.
Institut tibbiyot, aqlli texnologiyalar, texnika, muhandislik, me'morchilik va shaharsozlik, dizayn, mudofaa, elektronika, kompyuter texnologiyalari, madaniyat kabi 24ta fakultetda J. Koreya iqtisodiyotiga yetuk mutaxassislarni yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
2018 yilda Koreya respublikasi Ta'lim vazirligining veb-sahifasi www.academyinfo.go.kr ma'lumotlariga ko‘ra, 5369 talaba tahsil olgan, 2647 abituriyent talabalar safiga qabul qilingan.
Unda xorijlik talabalar ham tahsil olib, ular uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Jumladan, koreys tili, mahalliy madaniyat bilan tanishish, bayram tadbirlari, muhojirlik va xorijda tahsil olishga doir maxsus ma'ruzalar, Koreya davlati qonunchiligi bo‘yicha ma'ruzalar, talabalar festivali tashkil etiladi.
Institut kampusida talabalar zamonaviy standartlarda ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Auditoriyalar, xonalar, laboratoriyalar, tajriba o‘tkazish xonalari, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar mavjud.
Bundan tashqari, institut dunyoning AQSh, Xitoy, Turkiya kabi davlatlari singari ko‘plab davlatlari bilan 50dan ortiq xalqaro hamkorlik shartnoma va memorandumlariga ega. Ular orasida O‘zbekistonning 6ta universiteti va kolleji ham bor.
Shu bilan birga, mazkur institut O‘zbekistonda oliy ta'limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlaruga o‘z hissasini qo‘shish istagida hamda oliy ta'lim sohasida Koreya tajribasini joriy qilishga qaror qilishi natijasi o‘laroq Toshkentda YTIT - Toshkent Yodju Texnika institutini tashkil etishga qaror qilindi.
Mustahkam asosga ega institut bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta'lim dasturiga binoan Toshkentdagi Yodju Texnika institutida oliy ta'limning 2+2, 1+3, 3+1 kabi rejalari tasdiqlandi. Unga binoan, talabalar ma'lum bir shartlarga javob bersa, tahsilning belgilangan yilini O‘zbekistonda, qolganini J. Koreyada davom ettirishi va ikki institut diplomiga ega bo‘la oladi.
Xullas, oliy ta'limni Janubiy Koreyada davom ettirishni istayotgan bo‘lsangiz va texnika yo‘nalishiga qiziqsangiz, mustahkam ilmiy poydevorga ega hamda barcha zamonaviy shart-sharoitlar muhayyo qilingan Yodju Texnologiyalar instituti ayni siz istagan oliygohdir. Ushbu ta'lim dargohidagi fakultetlar va ta'lim jarayoni xususida batafsil ma'lumot olish uchun http://www.yit.ac.kr/ havolasi orqali o‘tib, tanishish mumkin.
Shuningdek, ushbu institutga doir ma'lumotlarni uning Toshkentdagi hamkori Yodju Texnika instituti ham taqdim eta oladi.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156 uy.
Telefon: +998 78 129 40 40
e-mail: info@ytit.uz
Dushanba - Juma: 8:00 - 18:00
Reklama huquqi asosida