Sport | 22:56 / 20.04.2019
9473
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» Italiya chempionligini rasmiylashtirdi

Italiya chempionatida 33-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.   

«Yuventus» o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

6-daqiqada Milenkovich gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada himoyachisi Aleks Sandro hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada Petsselya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» musobaqa yakunlanishiga 5 tur qolganida 87 ochko bilan muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Napoli»ni 20 ochko ortda qoldirmoqda. 

«Yuventus» o‘z tarixida 35-marta va qatorasiga 8-marta Italiya chempioni bo‘ldi.

A Seriya, 33-tur
Yuventus – Fiorentina 2:1 
20 aprel, «Alyans Stedium» stadioni 
Gollar: 0:1 – 6 Milenkovich, 1:1 – 37 Aleks Sandro, 2:1 – 53, avtogol Petsselya. 
Yuventus – Shchensni, Rugani, Bonuchchi, Joau Kanselu, Aleks Sandro, Matyuidi, Jan, Kuadrado, Pyanich (Bentankur, 65), Bernardeski (Ken, 74), Ronaldu.
Fiorentina – Lafon, Milenkovich, Chekkerini, Petsselya, Gansko, Dabo, Benassi (Jyerson, 73), Keza (Muriel, 66), Veretu, Miralyas (Fernandesh, 80), Simeone.
Ogohlantirish: Jyerson (80).

Mavzuga oid