Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani «Örikli» mahallasida istiqomat qiluvçi Yusuf bobo Qulmatov nomidan tahririyatimizga murojaat kelib tuşdi.

Murojaat mazmuniga köra, Yusuf bobo 2003 yilda öz şaxsiy mablağlari hisobidan xalqni içimlik suvi bilan ta'minlaş maqsadida qazdirgan içimlik suvi quduğini rasmiylaştirişda murojaat qilmagan taşkilot qolmagan, biroq muammo ijobiy hal bölmay kelmoqda.

Kun.uz muxbiri vaziyat bilan tanişiş uçun Jarqörğon tumanining Örikli mahallasida böldi.

Çindan ham, Yusuf bobo 2003 yilda ekin maydoni çetidan 160 metr çuqurlikdan quduq qazdirib, suv çiqargan. Mahalla ahli bir neça yildan buyon undan foydalanib kelgan. Ayni paytda bir yarim yildan buyon quduq faoliyat körsatmayapti. Yusuf bobo quduq işga tuşişi, tuman «Suvoqova» DUK taşkiloti uning himoya zonasini belgilab, taşkilot öz hisobiga rasmiylaştirib olişini istaydi. Maqsad — aholi içimlik suvidan bahramand bölişda davom etişi kerak.

«Suvoqova» DUK Jarqörğon tuman bölimi rahbari Elmurod Tojimurodov ham yetib kelib, vaziyatni tuşuntirdi:

— Avvalo, yer osti suvlari yildan yilga pastga tuşib ketmoqda. Biz şu yerdan sal nariroqdan aholini içimlik suv bilan ta'minlaş uçun 240 metrdan suv burğiladik. Çiqqan suv şör, içişga yaroqsiz bölgani uçun 265 metrdan suv çiqardik.

Jarqörğon tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Jovli Şopölatov vaziyat yuzasidan şunday fikr bildirdi:

— Aholini içimlik suvi bilan ta'minlaşda xavfsizlik masalasi ham turibdi. Bunday işlar belgilangan tartib asosida amalga oşiriladi. Gidrogeologlarning xulosasi albatta kerak. Bu quduqdan çiqadigan suv laboratoriyaning ijobiy xulosasini ololmagan. Bu — birinçidan.

Ikkinçidan, mazkur quduq, suğorib haydaladigan unumdor yer hududidan qazilgan. Avvalo, bu mumkin emas. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 30x30 metr himoya zonasi ajratiladi. Lekin bu quduqqa muhofaza zonasi ajrata olmaymiz. Boz ustiga, gidrogeologlarning ijobiy xulosasisiz bu quduqdan foydalanib bölmaydi.