Poroshenko keyingi saylovlarda prezident lavozimini qaytib olishni mo‘ljallamoqda
Ukrainada 21 aprelda o‘tgan prezident saylovlarida prezident kursisini aktyor Vladimir Zelenskiyga boy bergan Pyotr Poroshenko keyingi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Poroshenko bu haqida Kiyevdagi Bank ko‘chasida tarafdorlari o‘tkazgan namoyishda e'lon qildi.
“Men siyosatdan ketmayapman. Biz yaqin kelajakdayoq umumiy g‘alabamizni ta'minlash uchun birlashamiz. Birgalikda parlament saylovlarida g‘alaba qilish uchun boramiz va keyingi prezident saylovlaridan keyin birgalikda Bank ko‘chasiga qaytamiz”, deb aytgan Poroshenko.
Namoyish ishtirokchilari “bir yildan keyin” deya hayqira boshlashgan. Poroshenko jilmayib, “Bir yildan keyin bo‘lsa, bir yildan keyin-da”, deb javob qilgan.
21 apreldagi saylovlar natijalariga ko‘ra Poroshenko 25 foiz ovoz to‘plagan, uning raqibi Vladimir Zelenskiy esa 73 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
09:05 / 22.10.2022
Poroshenko: Kiyev Rossiyaning Eron dronlaridan foydalanganini isbotlay oladi
18:39 / 15.03.2022
Poroshenko milliarder maqomini yo‘qotdi
20:42 / 17.01.2022