21:40 / 22.04.2019
22917

Ronaldu o‘ziga «voris» tanladi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning hisoblashicha, turinliklar klubi «Benfika»dan 19 yoshli futbolchi Joau Felishni transfer qilishi kerak. 

U yozgi transferlar vaqtida ushbu yosh futbolchining Turinga kelishi yo‘lida sa'y-harakatlar amalga oshirmoqchi. 

A Bola xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi o‘z vatandoshining transferi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda va u o‘zining izdoshi bo‘lishiga ishonmoqda. Uning ishonch bildirishicha, Felish keyingi mavsumda turinliklarga YeChLda g‘olib chiqishda yordam berishi mumkin.

Ronaldu va Felishga mashhur Jorjye Mendesh agentlik qiladi. Joauning o‘zi Krishtianu bilan bir jamoada to‘p tepishga qarshi emas. «Benfika» futbolchi uchun 120 million yevro so‘rashi mumkin.

Qayd etilishicha, italyanlardan tashqari «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Real»da ham ushbu yosh futbolchiga jiddiy qiziqish mavjud.

Avvalroq, «Yuventus» Felishni qo‘lga kiritish uchun Paulo Dibalani «Bavariya»ga sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid
Top