Madaniyat sohasida qanday o‘zgarishlar kutilyapti?

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident Qarori ijrosining ta'minlanishi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari oldida hisobot berdi. U o‘z nutqida 2019 yilda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.
Vazirga ko‘ra, mavjud 7476 ta madaniy meros obektlaridan 5430 tasining davlat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va yagona davlat kadastr tizimiga zarur ma'lumotlarni kiritish, 159 ta obektda turistlar va aholining tashrifini elektron hisobga oluvchi turniketlar o‘rnatish hamda 5953 ta obektda muhofaza belgilarini o‘rnatish qayd etilgan bo‘lib, bu masalada ijrochi sifatida mahalliy hokimliklar belgilangan.
«Shuningdek, amalda respublika teatrlarida sahnalashtirilgan 55 ta milliy drama asarlari sonini 70 taga va 42 ta tarixiy asarlar sonini 60 tagacha oshirish ko‘zda tutilgan», – deydi Madaniyat vaziri.
Baxtiyor Sayfullayev O‘zbek davlat sirki faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, 2018 yilda namoyish etilgan 294 ta tomoshalar sonini 20 foizga oshirish hamda tomoshabinlar sonini 30 foizga oshirish belgilangan. Shu bilan birga, «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga gastrollarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi reja-jadvali tasdiqlangan.
Istirohat bog‘lari faoliyati yuzasidan vazir keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, 225 ta madaniyat va istirohat bog‘larining 80 tasi (35%) foydalanishga topshirilmaganligidan kelib chiqib, joriy yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 50 ta parkning faoliyatini ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, 42 ta madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya, kapital ta'mirlash va jihozlash, 74 ta madaniyat markazining faoliyatini tugatish belgilangan.
«Muzeylarning ta'lim muassasalari va yirik tashkilotlarda amaldagi 250 ta ko‘chma ko‘rgazmalar sonini 400 tagacha yetkazish belgilangan», – deydi Baxtiyor Sayfullayev o‘z nutqida.
Vazir bayonotiga asosan, joriy yil yakuniga qadar 6ta bolalar musiqa va san'at maktablari, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4ta, Namangan viloyatida 1ta, Toshkent viloyatida 1ta foydalanishga topshirish hamda 6 ta maktabni rekonstruksiya qilish (Qashqadaryo viloyatida 2ta, Samarqand viloyatida 2ta, Toshkent viloyatida 1ta) belgilangan.
Ma'lumot uchun, 2017 yildan buyon madaniyat sohasiga oid 20ta Prezident farmon va qarorlari hamda hukumatning 54ta qarori qabul qilingan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06
-
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
O‘zbekiston | 22:37
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

22:53 / 27.11.2019
Yangi yildan ko‘zi ojiz bolalar musiqa maktablarida bepul o‘qiydi - Madaniyat vaziri

20:15 / 10.01.2019
Madaniyat vaziri virtual va yakshanba kuni ham ishlaydigan muzeylar, audiogidlar haqida ma'lumot berdi

18:11 / 10.01.2019
Sirkka tayinlangan direktorlar bir yilga bormasdan qamalib ketyapti – Madaniyat vaziri

16:49 / 25.09.2017