«Özbek davlat sirki» davlat muassisiga direktor etib tayinlangan şaxslar bir yil ham faoliyat yuritmay qamalib ketyapti, deydi vaziyatga açinib Özbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev. U davlat sirkining ahvoli hozirda juda açinarli ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Avval, Toşkent şahar IIBB tomonidan Toşkent davlat sirki sobiq boş direktori lavozimida işlagan Bahrom Majidov qidiruvga e'lon qilingani haqida xabar tarqagandi.
«Buni oçiq tan olaman. Bu masala yuzasidan Boş vazirdan tanbeh ham eşitdik. 1976 yilda bunyod etilgan sirk haligaça biron marta kapital ta'mir qilinmagan. Texnik baza ham haligaça öşa. Vaholanki, texnologiyalar neça marotaba almaşdi. Sirkka tayinlangan direktorlar bir yilga bormasdan qamalib ketyapti. Hayvonlarning tili yöq-da, şikoyat qilolmaydi», – deydi u.
Ta'kidlanişiça, sirkda yildan yilga daromad tuşib ketyapti. Şunga qaramay, 2019-2021 yillarda 5 ta köçma sirk taşkil etişga qaror qilingan.
Vazirga köra, 2019 yilda «Özbek davlat sirki» davlat muassasasida ötkazilajak kapital ta'mir tufayli yopiladi.
Ma'lumot uçun, sirk faoliyatidagi kamçiliklar e'lon qilinib, uning boşqaruv tizimi yillar davomida qoniqarsiz taşkil etilganligi, şuningdek dasturlar va tomoşalarning badiiy saviyasi keskin pasayib ketganligi natijasida oxirgi 20 yilda tomoşalar soni 1 052 tadan hozirgi kundagi 200-250tagaça kamaygani bildirilgandi.
Sirkning işlab çiqariş xodimlarining iş haqi miqdorlari pastligi, şuningdek iş natijadorligiga nisbatan moddiy rağbatlantiriş tizimi yöqligi sababli kadrlar qönimsizligi va mutaxassislarning yetişmasligi yuqori darajada, şuningdek, keyingi yillarda malakali tor soha mutaxassislarning xorijiy davlatlar sirklarida işlaş uçun jönab ketiş holatlari tez-tez uçraydi.
Sirk hayvonlarini saqlaşning antisanitariya ahvoldaligi va tomoşalarga tayyorlaş darajasi pastligi, ularning soğliğiga va köpaytiriş imkoniyatiga salbiy ta'sir qilmoqda.












