24 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi PF-5106-son farmoni hamda Madaniyat vazirligining 2017 yil 7 iyuldagi № 417-sonli buyruğiga asosan vazirlik tasarrufidagi tizim taşkilotlar va sohada ta'lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan ijodkor yoşlar bilan vazirlik rahbariyati Özbekiston davlat konservatoriyasida Oçiq muloqot ötkazdi.
Oçiq muloqotni taşkil etişdan maqsad Özbekiston Respublikasida 2017 yilda yoşlarga oid davlat siyosatini izçil va samarali amalga oşiriş, yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimini tubdan isloh etiş hamda bu borada keng jamoatçilik, avvalo yoşlar vakillarining taklif va mulohazalarini e'tiborga olgan holda hamda davlat va hukumat tomonidan amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning barçasi xalq manfaati va yoşlarning farovonligi yölida ekanligini, şunindek, aholi va yoşlarning hukumat taşkilotlari va davlat idoralariga bölgan işonçini yanada orttirişdir.


Muloqotda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va vazirlikning tegişli boşqarma boşliqlari iştirok etişdi va yoşlarning muammolari, rejalari, sohani rivojlantirişga oid takliflari yuzasidan erkin savol-javoblar orqali fikr almaşişdi. Jonli muloqotda, Madaniyat vaziri talabalarning bir qator taklif, savol va muammolarga yeçimini topib berdi. Tizimdagi oliy öquv yurtining rektor va prorektorlariga tegişli topşiriqlar berildi. Talabalar bunday tarzda ötiladigan oçiq muloqotlarni köpaytiriş va kelgusida viloyatlarda ham taşkil etişni söraşgan.











