O‘zbekiston | 19:12 / 24.04.2019
38188
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Pekinga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Pekinga yetib bordi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Shoudu» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Xitoy rasmiy shaxslari kutib oldi.

Birinchi «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi 2017 yilda o‘tkazilgan, unda ham davlatimiz rahbari qatnashgan edi. Bu galgi sammitda 40dan ziyod mamlakat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, «yashil» iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.

Forumning asosiy tadbirlari ertaga, 25 aprel kuni boshlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Jinping, qator davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mavzuga oid