Zelenskiyning shtabi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Ukraina prezidentligi uchun saylovda g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiyning jamoasidagilar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning DXR va LXR hududida yashovchilar uchun pasport berish jarayonini soddalashtirish to‘g‘risidagi farmoni tufayli RFga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish zarurligini ma'lum qilishmoqda.
Zelenskiyning shtabidagilar Rossiyaning bu harakatini «okkupatsiya» belgisi sifatida qabul qilish kerakligini qayd etishgan.
«Vaqtincha bizning davlat tarkibida bo‘lmagan hududlarda yashovchi Ukraina fuqarolariga Rossiya pasportini berish haqidagi farmon bilan Rossiya yana bir marta o‘zini okkupant davlat sifatida gavdalantirdi», deyiladi Zelenskiy jamoasi bayonotida.
Shtabdagilarning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina «o‘z manfaatlari himoyasi masalasida xalqaro hamjamiyat madadi»ga umid qiladi va Rossiyaga qarshi diplomatik va sanksion bosimlarni kuchaytirishni so‘raydi.
Bundan avvalroq, Putin DXR va LXRda yashovchi aholiga Rossiya pasportlarini berish tartibini soddalashtirish ko‘zda tutilgan farmonini imzolagandi.
Qayd etish kerakki, Vladimir Zelenskiy o‘z saylovoldi kampaniyasi davomida prezident bo‘lsa, Rossiyadan Donbassni qaytarib olishga harakat qilishini bir necha bor ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
19:39 / 08.11.2024
Ukrainada rossiyalik yana bir general halok bo‘ldi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024