22:09 / 25.04.2019
12784

Chempionlar Ligasining yangi formati taklif qilindi

Yevropa futbol klublari uyushmasi (ECA) rahbari, «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli tashkilotning barcha a'zolariga Chempionlar Ligasida 2024 yildan keyingi o‘zgarishlar rejasi haqidagi xatni jo‘natgan.

Jurnalist Martin Tsigler xabariga ko‘ra, ECA Chempionlar Ligasining yangi formatini taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, liga bir necha divizionlarga ajratiladi. Eng yuqori divizionda faqat top-klublar bellashadi, natijada, uning tomoshabopligi oshadi. Bundan tashqari, Chempionlar Ligasi saralashi milliy chempionatlardagi natijalarga bog‘lanmaydi. Yuqori divizion jamoalari milliy chempionatdagi o‘rnidan qat'iy nazar, kelasi mavsumda ham Chempionlar Ligasida ishtirok etaveradi.

Avvalroq, ECA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini dam olish kunlariga, milliy chempionat bahslarini esa haftaning o‘rtasiga ko‘chirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid
Top