«Konvert»larga joylangan og‘ular to‘xtatib qolindi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Ammo shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari uchrab turibdi.
Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi qoidabuzarlikni fosh qilishdi.
Jumladan, fuqaro F.S. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, tarkibida psixotrop va narkotik moddasi bo‘lgan 100 dona “Piralgin” nomli dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqarolar L.T. va D.V. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalarida ham sifati kafolatlanmagan 20 dona dori-darmonlar hamda tarkibida "Tramadol" moddasi mavjud bo‘lgan 10 dona “Tramal retard” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo - Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 20:36
-
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00
-
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi
O‘zbekiston | 19:35