Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Kim Chen In bir-birlariga qilichlar sovg‘a qilishdi
Foto: tass.ru
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga an'anaviy koreys qilichini, Putin esa o‘z navbatida shimoliy koreyalik hamkasbiga shamshir va choy servizini sovg‘a qildi.
“Zamonaviy qurollar bo‘lmagan vaqtlarda shunday qilichlardan foydalanishgan – ular kuch, mening va sizni qo‘llab-quvvatlovchi xalqimizning qalbini ifodalaydi”, deb aytgan Kim Chen In sovg‘ani berish vaqtida.
Putin unga sovg‘a uchun minnatdorlik bildirgan.
Qurol sovg‘a qilish yomon alomat hisoblangani uchun ikki yetakchi ramziy tarzda o‘zaro tangalar ham almashishgan.
25 aprelda Putin va Kim Chen In Vladivostokda ilk to‘liq formatli uchrashuvni o‘tkazishdi. Yakkama-yakka muzokaralar 2 soat, kengaytirilgan tarkibda esa yana 1,5 soat davom etgan.
Ikkala yetakchi ham uchrashuvning mazmunli o‘tganini qayd qilishgan.
Mavzuga oid
11:57
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
13:38 / 20.02.2026
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026
Mers Putin bilan munosabatlar normallashishini «deyarli istisno etdi»
20:11 / 18.02.2026