Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra rus tilidan foydalanish cheklanadi
25 aprel kuni Ukraina Oliy Radasi «Ukrain tilining davlat tili sifatida faoliyat yuritishini ta'minlash» to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu qonun yaqin orada vakolatlarini topshiradigan amaldagi prezident Petro Poroshenko uchun juda muhim edi, qonun loyihasini tayyorlash jarayoni bir necha oy vaqt oldi - deputatlar qonunni Poroshenko ketishidan oldin qabul qilishga ulgurishdi.
Qonun loyihasi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning tarafdorlari fikricha, qonun ukrain tili rivojini ta'minlaydi, qarshilar esa bu qonun boshqa tilda so‘zlashuvchilarni kamsitishidan e'tiroz bildirishdi.
Qonun loyihasini ko‘rib chiqish jarayonida, uni birinchi o‘qib chiqish vaqtida ko‘plab deputatlar loyihani qayta ishlash zarurligini bildirishdi. Ikkinchi o‘qishgacha deputatlar 2 mingdan ortiq tuzatishlar tayyorlashdi.
Qonun loyihasini ko‘rib chiqish jarayoni Ukrainadagi prezidentlik saylovlarining birinchi turidan avval boshlangandi. 21 aprel kuni, saylov natijalari ma'lum bo‘lgach, Petro Poroshenko agar deputatlar yaqin vaqt ichida qonun loyihasini ma'qullashsa, davlat tili haqidagi qonunni imzolashini bildirdi.
Ukraina prezidentligi uchun saylovda g‘olib chiqqan Volodimir Zelenskiy bu qonunga uni o‘qib chiqqanidan keyin munosabat bildirajagini aytdi. «Prezident sifatida lavozimga kirishganimdan keyin bu qonunni sinchiklab o‘rganib chiqaman, unda Ukrainaning barcha fuqarolarining konstitutsion huquqlari ta'minlanganiga amin bo‘lishim kerak. Davlat ukrain tilini hech qanday taqiqlarsiz va jazolarsiz rivojlantirishi kerak», degandi Zelenskiy.
Prezident bu qonun qabul qilinishi ortidan feysbukdagi sahifasi nomlanishini Vladimir Zelenskiydan Volodimir Zelenskiyga o‘zgartirdi.
Qonunni ko‘rib chiqish kunida Oliy Rada binosi oldida tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlovchilar miting uyushtirishdi.
Deputatlar qonuni qabul qilishdi - 278 nafar deputat «ha» dedi.

Radaning madaniyat va din masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Nikolay Knyajinskiy ma'lum qildiki, qonun loyihasi «ikkinchi o‘qishga tayyorlangan loyihadan juda ham ko‘p farq qilmaydi».
«Biz 3 yillik ma'muriy jazo qo‘llashni kechiktirdik, jinoiy ish ochish ko‘zda tutilmagan», deydi deputat.
Ovoz berish jarayoni boshlanishidan oldin Oliy Rada spikeri Andrey Parubiy deputatlarga murojaat qildi: «Til birlashtiradi. Til bor joyda g‘alaba bo‘ladi».
Ukrain tili - yagona rasmiy til
Qonunga ko‘ra ukrain tili - mamlakatdagi yagona davlat tilidir. Mahalliy hukumat organlarining ukrain tilini qo‘llash bo‘yicha qandaydir aralashuvlari taqiqlanadi. Qonun loyihasining dastlabki tahririda boshqa tilga rasmiy maqom berishga urinishlar konstitutsiyaviy tuzumni majburlab o‘zgartirish yoki ag‘darishga urinish sifatida baholangandi. Qabul qilingan variantda esa bunday band mavjud emas.
Qonun Ukraina fuqarolariga ukrain tilini bilish majburiyatini yuklaydi va boshqa tillardan, ayniqsa rus tilidan foydalanishni cheklaydi.
Yangi qonun har bir fuqaro davlat tilini bilishini talab qiladi. Ukraina fuqaroligini olmoqchi bo‘lganlar til bo‘yicha imtihondan o‘tishi shart bo‘ladi.
Ukrainaning barcha hududlarida ukrain tilini o‘rgatish markazlari ochiladi, ularda til o‘rganish bepul yo‘lga qo‘yiladi.
Qonunda davlat tilida gapirishi va unda xizmat jarayonida foydalanishi zarur bo‘lgan shaxslar toifalari belgilangan. Bular prezident, hukumat a'zolari, parlament deputatlari, milliy bank xizmatchilari, zobitlar, pedagoglar, davlat tibbiyot muassasalari xodimlari.
Qoidabuzarlik uchun jazo
Qonunda ko‘rsatilgan normalarni bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. Lekin qoidabuzarlar qonun kuchga kirganidan 3 yil muddat o‘tib javobgarlikka tortilishi joriy etiladi.
Hujjatlar va huquq-tartibot idoralarida tildan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 3400 grivnadan 6800 grivnagacha (127 dollardan 254 dollargacha) miqdorida jarima belgilangan. Madaniyat, ta'lim va reklama sohasidagi qoidabuzarliklar uchun 3400 grivnadan 5100 grivnagacha (191 dollargacha) jarima qo‘llanadi. Bosma ommaviy axborot vositalaridagi xatoliklar uchun 6800 grivnadan 8500 grivnagacha (318 dollargacha) jarima ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026