Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy - yangi prezident Facebook’dagi ismini ukrainchasiga o‘zgartirdi
Ukrainaning saylangan yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ismini o‘zgartirdi va endi unga ukraincha Volodimir Zelenskiy deb yozilgan.
Zelenskiyning matbuot kotibi Irina Pobedenossevaning ta'kidlashicha, bu tashabbus siyosatchining o‘zidan emas, balki uning obunachilaridan chiqqan.

«Biz obunachilarimizdan ismning o‘zgartirilishi haqida taklif oldik va unga javob berdik. Bundan tashqari, uning prezident sifatidagi yangi mavqei hisobga olinsa, bu o‘rinli hamdir», deb aytgan Pobedenosseva.
Uning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqdagi sahifa Zelenskiyning shaxsiy sahifasi bo‘lib, yaqinda uning «Volodimir Zelenskiy Prezident Ukrayini» deb nomlanadigan yangi sahifasi yuritila boshlanadi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026