Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasini borib ko‘rdi
Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari barcha sohalar, jumladan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, energetika, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda faol rivojlanib bormoqda.
Diplomatik vakolatxonaning uch qavatli yangi binosi farg‘onalik ustalar ishtirokida milliy bunyodkorlik an'analari va zamonaviy me'morchilik yutuqlari asosida bunyod etilgan. Imorat Pekin shahri markazidagi Chaoyang ishbilarmonlik mavzesida, AQSh, Yaponiya, Malayziya, Singapur kabi davlatlar elchixonalari bilan yonma-yon joylashgan.
Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish, sifatli konsullik xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Birinchi qavatda muzokaralar, ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan «Samarqand», «Buxoro», «Xiva», «Qo‘qon» zallari joylashgan. Darvozadan kiraverishdagi ayvon xalq an'analari va boy madaniyatini aks ettirgan.
Davlat rahbari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mazkur dargoh milliy uslubda bezatilganiga mamnuniyat bildirdi hamda u Xitoy tomonining mamlakat bilan hamkorlikka yuksak e'tibori namunasi ekanini ta'kidladi.
Ushbu elchixona xalqlarni yanada yaqinlashtiradigan, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradigan, madaniyatlar bir-birini o‘zaro boyitadigan markaz bo‘ladi. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
14:43 / 11.04.2026
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi
10:31 / 13.03.2026
Polshada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro vatanga qaytarildi
09:06 / 10.03.2026
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik bo‘yicha murojaat qilindi
14:04 / 04.03.2026