11:13 / 26.04.2019
3975

Yakkasaroy tumani hokimligida ISO 9001:2015 xalqaro standarti tatbiq etildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkentning Yakkasaroy tumani Seulning Sondongu munitsipal okrugi bilan iqtisodiyot, madaniyat, turizm kabi qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi. 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu maqsadda Yakkasaroy tumani hokimi Baxtiyor Shomurodov va Sondongu munitsipal okrugi hokimi Chong Von Olar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Shu bilan birga, tuman hokimining o‘rinbosari Nurilla Abdurahmonov va Koreya Respublikasining P&IB Co., Ltd kompaniyasi bosh direktori Kang In Gyu tomonidan ham memorandum imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, tumandagi barcha sohalar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Ushbu mehmonlar ishtirokida tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda respublikadagi boshqa hokimliklar orasida birinchi bo‘lib Yakkasaroy tuman hokimligida MC ISO 9001:2015 xalqaro standarti tatbiq etilganligi ma'lum qilindi va tuman hokimligiga buni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat topshirildi.

Mavzuga oid
Top