Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya xavfsizligini mustahkamlashda davom etishini ma'lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an mamlakat xavfsizligini mustahkamlashda davom etishini bildirdi. U bu haqda Adolat va taraqqiyot partiyasi s'yezdida ma'lum qildi.
"Bizning S-400ni sotib olish borasida qarashlarimizda AQSh bilan jiddiy tafovut mavjud. Lekin kim nima demasin, biz uchun mamlakatimiz kelajagi asosiy bo‘lib qolaveradi. Biz Suriyadagi terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha turli qadamlarni tashlashda davom etamiz va xavfsizligimizni jumladan S-400 sotib olish orqali bundan buyon ham mustahkamlaymiz. Kimdir u, kimdir bu deydi. Lekin biz nima deyishimiz muhimroq", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi NTV telekanali.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo agarda Anqara S-400 majmualarini sotib oladigan bo‘lsa, Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish va foydalanish dasturida ishtirok eta olmasligini bildirgandi. Vashingtonnin fikricha, bir vaqtning o‘zida har ikki texnikadan foydalanishning imkoni yo‘q.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu esa AQSh F-35 samolyotlarini yetkazib berishni rad etsa, Turkiya boshqa davlatlardan qiruvchi samolyot sotib olishi mumkinligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
11:16 / 25.05.2026