Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Men haqiqat tarafdoriman»: Zelenskiy 40 metrli yaxta haqidagi xabarga izoh berdi
Foto: RIA Novosti
Ukraina prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiy uning yaxtada dam olishi haqida OAVda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Siyosatchi juma kuni oilasi bilan bir necha kun Turkiyada dam olmoqchi ekanligini, to‘rt oydan buyon dam olmasdan ishlaganini ma'lum qildi. So‘ngra ayrim nashrlarda Zelenskiy dam olish kunlarini uzunligi 40 metrli yaxtada o‘tkazishni rejalashtirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Ukrainaning yangi saylangan prezidenti matbuot xizmati bu xabarlarni yolg‘on deb atadi.
"Men oddiy odamman. Va haqiqat tarafdoriman. Menga yaxtalar va villalarning keragi yo‘q. Shunchaki ikki kun oilam va farzandlarim bilan bo‘lmoqchiman", — deya Zelenskiydan iqtibos keltiradi Capital.ua.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi - u saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025