Jamiyat | 13:32 / 27.04.2019
10835
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda talonchilar ushlandi

Illyustrativ foto

2019 yil 20 aprel kuni 2 noma'lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida fuqaro F.J. ismli ayolning qo‘lidan sumkasini tortib olib, voqea joyidan qochib ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib qochilgan sumka ichida “Samsung” rusumli mobil telefoni, fuqarolik pasporti, diplomi va 11 turdagi taqinchoqlari bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Bunyodkor QFYda yashovchi U.A. va muqaddam sudlangan J.Q. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid