Qozog‘iston prezidenti lavozimiga 9 kishi da'vogarlik qilmoqda
Qozog‘istonda 28 aprelda prezident lavozimiga nomzodlarni ilgari surish yakunlandi. Hammasi bo‘lib markaziy saylov komissiyasiga 9 nomzod hujjat topshirgan. 11 maydan keyin ulardan qaysi birlari ro‘yxatga olingani ma'lum bo‘ladi.
Da'vogarlar orasida Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, “Aq jol” partiyasidan Daniya Yespayeva, Qozog‘iston Kommunistik xalq partiyasidan Jambil Axmetbekov, “Auil” partiyasidan Toleutaya Raximbekova, “Uli Dala Kirandari” jamoatchilik birlashmasi raisi Sadibek Tugel, “Xalq demografiyasi” rahbari Jumatay Aliyev, kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi Amangeldi Taspixov, Qozog‘iston quruvchilar ittifoqini bildiruvchi Amirjon Kosanov bor.
Nomzodlar uchun saylov badali 50 ta eng kam ish haqini, ya'ni 2 mln 125 ming tangani tashkil qilgan. Saylov badali nomzod prezident etib saylansa yoki 5 foizdan ko‘proq ovoz to‘plasa qaytarib beriladi.
Avvalroq 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Qozog‘iston saylovchilar ro‘yxatiga 11 mln 814 ming 19 kishi kiritilgani ma'lum qilingan. Shu tariqa, har bir nomzodning qo‘llab-quvvatloviga 118149 nafar saylovchi imzosi to‘planishi kerak.
Nomzodlarni ro‘yxatga olish bosqichi 11 maygacha davom etadi. Agar davlat idoralari tomonidan nomzod o‘z deklaratsiyalarida ko‘rsatgan daromad va mulk haqidagi ma'lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa, markaziy saylov komissiyasi nomzodni ro‘yxatga olishni bekor qilishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti ro‘yxatga olish bosqichi yakunlangandan keyinoq boshlanadi va ovoz berish kunidan oldingi kun, ya'ni 8 iyun soat 00.00gacha davom etadi. 8 iyun sukut kuni hisoblanadi.
Saylovlar 9 iyunda soat 7dan 20gacha bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
15:04
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024