Jahon | 19:56 / 29.04.2019
16442
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod saylovlarda ishtirok etish haqidagi arizasini qaytib oldi

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri, “Aq jol” partiyasi a'zosi Talgat Yergaliyev partiyadoshi Daniya Yespayeva foydasiga saylovlarda ishtirok etish haqidagi arizasini qaytib oldi. Yespayeva ham 24 aprelda saylovlarda ishtirok etishini e'lon qilgandi. 

Yergaliyev ushbu qarorni partiya raisi Azat Peruashev bilan suhbatdan keyin qabul qilgan. Partiya rahbari Yergaliyevning ushbu tanloviga hurmat bilan qarashini aytgan, biroq avvalroq partiya “praymeriz”ning “Aq jol”dan 6 ishtirokchisining kuchlarini birlashtirib, partiyaning yagona nomzodi etib saylangan Yespayeva jamoasiga kirishga qaror qilganini eslatib o‘tgan. 

Umuman olganda saylovlarda ishtirok etish uchun 9 nomzod ariza topshirgan. 

Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovlari 9 iyunga o‘tkazilishi belgilangan.

Mavzuga oid