Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari jangovar tayyorgarligini oshiradi
Rossiya mudofaa vazirligi Afg‘oniston shimolidan jangarilarning Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari hududiga kirib kelishining oldini olish uchun o‘zining Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari jangovar tayyorgarligini oshiradi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
"Bu maqsadlarda Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligini oshiramiz, ularning krizi holatlariga shaylik salohiyatini mustahkamlaymiz", - dedi Shoygu Bishkekda ShHTga axzo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida.
U Rossiya mudofaa vazirligi mintaqadagi hamkorlariga qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va ularning jangovar imkoniyatlarini oshirishga yordam berishini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donguz poligonida (Orenburg oblasti) Markaziy Osiyodagi jangovar xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan "Markaz-2019" o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mashqlarga ShHT davlatlarining barcha harbiy kontingentlari taklif etilgan, dedi Shoygu.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
20:07 / 16.07.2026