Olimlar necha yildan so‘ng Facebook’dagi marhum foydalanuvchilar soni tirik foydalanuvchilardan ko‘proq bo‘lishini aniqlashdi
Oksford internet instituti (OII) olimlari 50 yildan keyin Facebook’dagi marhum foydalanuvchilar soni tirik foydalanuvchilar sonidan ko‘proq bo‘lishini aniqlashdi. Bu haqda EurekAlert xabar bermoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2100 yilga kelib, ijtimoiy tarmoqlarning 1,4 mlrd foydalanuvchisi vafot etadi. Shu tariqa, 2070 yildayoq ijtimoiy tarmoqning marhum foydalanuvchilari soni tirik foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
Tahlil ikkita ssenariyni nazarda tutadi:
Foydalanuvchilar soni 2018 yildagi darajada qoladi. Ana shunda Osiyo mamlakatlaridagi marhum foydalanuvchilar ulushi asr so‘ngiga kelib jami miqdorning 44 foizini tashkil etadi. Ushbu profillardan deyarli yarmi Hindiston va Indoneziyaga to‘g‘ri keladi va 2100 yilga kelib 279 milliondan sal kamroq ko‘rsatkichni tashkil etadi.
Facebook auditoriyasi joriy o‘sish sur'atini davom ettiradi, ya'ni barcha mamlakatlarda maksimum ko‘rsatkichga yetgunga qadar har yili 13 foizga o‘sishni qayd etadi. Bu holatda asr so‘ngiga kelib, marhum foydalanuvchilar soni 4,5 milliard kishidan ortishi mumkin. Bunda Afrika eng tez o‘suvchi ulushni tashkil etadi, Nigeriya esa yetakchiga aylanadi. G‘arb mamlakatlaridan birinchi o‘ntalikka mazkur toifa bo‘yicha faqat AQSh kiradi.
OII olimlari mazkur statistika vafotidan keyin qoldirilgan ma'lumotlarga egalik huquqi va undan qanday foydalanilishi bo‘yicha yangi savollarni yuzaga keltirishini qayd etishmoqda.
Facebook faol foydalanuvchilari soni 2017 yilning to‘rtinchi choragida 2,13 mlrdni tashkil etdi. Har kuni dunyo bo‘yicha 1,4 mlrd kishi mazkur tarmoqdan foydalanmoqda. Ulardan 185 millioni AQSh va Kanadaga, 278 millioni Yevropaga, 561 millioni Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga va 470 millioni boshqa bozorlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024