Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pens AQSh Venesuela ko‘chalariga chiqqan odamlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens AQSh Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo va ko‘chalarga namoyishga chiqqan odamlarni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
"Biz siz bilanmiz! Ozodlik va demokratiya tiklanmagunicha Amerika sizlarni qo‘llab-quvvatlaydi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Seshanba kuni Guaydo va uning tarafdorlari Karakasda "La-Karlota" harbiy bazasi oldida to‘plandi. Avvalroq Guaydo Venesuela xalqi va armiyani "Ozodlik" operatsiyasini yakuniga yetkazish uchun ko‘chalarga chiqishga chaqirgandi.
Venesueladagi vaziyat 23 yanvar kuni keskin tus oldi, o‘shanda Guaydo ommaviy aksiyalar fonida o‘zini vaqtincha prezident deb e'lon qilgandi. Uni AQSh, Lotin Amerikasi davlatlari va Yevropa Ittifoqi a'zolari tan olgan.
Mamlakatning amaldagi rahbari Nikolas Maduro bu voqeani davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va yana bir necha davlatlar Maduroni qonuniy prezident deb hisoblashda davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026