Jahon | 22:05 / 30.04.2019
57117
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Venesuelada harbiy mashina namoyishchilarni bosib o‘tdi

Venesuela poytaxti Karakasda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.

Internetda tarqalgan videolardan birida namoyishchilar harbiy mashinalarga hujum qilgani, shundan so‘ng ulardan biri namoyishchilar ustiga yurgani va odamlar g‘ildiraklar ostida qolgani tasvirlangan.

Hozircha bu hodisa tafsilotlari haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Bugun, 30 aprel kuni Venesuelada muxolifat rahbari Xuan Guaydo mamlakat harbiylari o‘zi tomoniga o‘tgani va amaldagi prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darishga qaratilgan «Ozodlik» harakatining «yakuniy bosqichi» boshlangani haqida e'lon qilib, armiya va xalqni navbatdagi namoyishlarga chorlaganidan keyin poytaxt Karakasda norozilik aksiyalari boshlanib ketdi.

Venesuela Mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes armiya Maduro tomonida qolganini e'lon qildi va Karakasda boshlangan to‘qnashuvlar davomida «qon to‘kilishlari» ro‘y berishi mumkinligini istisno etmadi.

Mahalliy nashrlarda tarqalgan boshqa bir videoda tasvirlangan to‘qnashuvda ikki tomonda ham harbiy formadagi qurollangan kishilar bir-biriga o‘t ochayotganini ko‘rish mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid