2019 yil 1 maydan kuçga kirgan asosiy huquqiy yangiliklar töplami Norma tomonidan taqdim etildi.
Bolalar boğçalarida bolalar uçun tölov oşirildi
Davlat budjetidan moliyalaştiriladigan maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalar ta'minoti uçun ota-onalar tölovining miqdorlari oşirildi. Ilgarigidek, bolalar boğçasi joylaşgan joy va uning iş rejimi summaga ta'sir körsatadi.
Qizilmiya yetiştiruvçilar plantatsiyalarni taşkil etişlari şart
Qizilmiya va boşqa dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş taşkilotlari uyuşmasi a'zolariga qöşimça talablar amal qila boşladi. Xususan, Uyuşma a'zolari – qizilmiya ekstrakti işlab çiqaruvçilari 2024 yil 1 yanvargaça har yili 100 gektardan kam bölmagan maydonda qizilmiya plantatsiyalarini taşkil etişlari şart.
Qöşimça imtiyoz va preferensiyalar ham nazarda tutilgan:
• Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qiliş taşkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qiliş forumining (IAF) tölaqonli a'zolari hisoblangan mamlakatlarning sertifikatlaş organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinovlar protokollari taqdim etilganda özlarining işlab çiqariş ehtiyojlari, plantatsiyalar taşkil etiş hamda qizilmiya va boşqa dorivor ösimliklardan yuqori qöşilgan qiymatga ega bölgan mahsulotlar işlab çiqariş uçun Uyuşma a'zolari tomonidan olib kelinadigan tovarlarni sertifikatlaş talab etilmaydi;
• joriy yilning 1 aprelidan 30 dekabrigaça bölgan davrda Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasini inobatga olgan holda Uyuşma buyurtmanomasiga köra Davlat ekologiya qömitasi tomonidan tasdiqlanadigan qizilmiyadan foydalaniş uçun qöşimça kvotalar ajratiladi.
Xotin-qizlar çeklovlarsiz işlaşlari mumkin
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari va tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarda yangi qoidalar:
birinçidan, ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qöllaş böyiça taqiqlar bekor qilindi (MKning 225-moddasi). Uning örniga ayollar soğliğiga salbiy ta'sir etişi mumkin bölgan soha va kasblar tavsiyaviy röyxati tasdiqlandi;












