Tojikistonning Avesta axborot agentligi Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi mutaxassislari Ilhom Qurbonov, Abbos Akromov va Ma’mur Bayonovning mamlakatda inson kapitalini rivojlantiriş tizimiga bağişlangan maqolasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Ta’kidlanişiça, Özbekiston mehnat bozoriga har yili 600 mingdan ortiq yoşlar kirib kelmoqda, 2030 yilga borib esa bu körsatkiç 1 millionga yetişi kutilmoqda. Şu bois katta mehnat bozorida davlat xizmatiga eng istiqbolli va yuqori salohiyatli kadrlarni jalb etiş davlat boşqaruvi tizimining asosiy muammolaridan biriga aylandi.
Agentlikning ma’lum qilişiça, 2020 yilda Özbekistonda davlat xizmatiga eng istiqbolli kadrlarni oçiq tanlov asosida jalb etiş tizimi joriy etildi. Nomzodlarni tanlaş tizimi turli tartib va baholaş mezonlariga ega bölişi mumkin, biroq asosiy şart özgarişsiz qoladi. Ya’ni barça bosqiçlarning mutlaq oçiqligi va şaffofligi ta’minlanadi.
2020-2023 yillarda mamlakatda davlat organlari va taşkilotlaridagi mavjud böş iş örinlariga 150 mingdan ortiq tanlov ötkazildi. Qabul qilingan murojaatlarning umumiy soni 2 million 400 mingtani taşkil etdi. Natijada 60 ming nafar nomzod davlat xizmatiga qabul qilindi, şundan 19 ming nafari (28 foizi) 30 yoşgaça bölgan yoşlardir.
"Mavjud muammolarni hal qilişga qaratilgan yagona tizim davlat xizmatini tartibga soliş sohasidagi ilğor xalqaro standartlarga töliq mos keladi", – deb yozgan mualliflar.








